Maqolada O'zbekistonda raqamli to'lovlarning rivojlanishi va uning hududlar iqtisodiy faolligi bilan bog'liqligi Markaziy bank va Milliy statistika qo'mitasining 2023–2025-yillar ma'lumotlari asosida tahlil qilinadi. To'lov terminallari orqali tushumlarning o'sish sur'ati, YaIMga nisbati va elastikligi hisoblandi, hududlar kesimida korrelyatsion tahlil o'tkazildi. Natijalar terminal tushumlari 2025-yilda 460,3 trln so'mga yetib, YaIMning 24,9 foizini tashkil etganini va raqamli to'lovlar nominal iqtisodiyotdan tezroq o'sayotganini ko'rsatadi. Iqtisodiy faollik va xizmatlar sohasining Toshkent shahrida jamlangani raqamli to'lovlar talabi ham hududlar bo'yicha notekis ekaniga ishora qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shakirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: