Mazkur maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan madaniyat muassasalarini strategik boshqarishning hududiy xususiyatlari, mavjud muammolar, boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari hamda istiqboldagi rivojlanish yo'nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda madaniyat markazlari, teatrlar, bolalar musiqa va san'at maktablari, kutubxonalar, konsert tashkilotlari hamda boshqa madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyatini yagona hududiy strategiya asosida muvofiqlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Qoraqalpog'istonning hududiy jihatdan kengligi, aholi punktlarining tarqoqligi, Nukus shahri va chekka tumanlar o'rtasidagi infratuzilmaviy farqlar, moddiy-texnik ta'minot, malakali boshqaruv kadrlari va raqamli transformatsiya masalalari strategik boshqaruvning asosiy muammolari sifatida ko'rib chiqiladi. Maqolada hududiy boshqaruvni "markaziy muvofiqlashtirish – tuman/shahar darajasida moslashtirish – muassasa darajasida ijodiy mustaqillik" tamoyili asosida tashkil etishga yo'naltirilgan model taklif etiladi. Shuningdek, madaniy turizm, kreativ industriyalar, raqamli texnologiyalar, davlat-xususiy sheriklik, grantlar va loyiha boshqaruvi hudud madaniyat muassasalarining barqaror rivojlanish omillari sifatida asoslanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
qizi et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: