Maqolada tarixiy va zamonaviy shahar hududlarining kompozitsion shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar tizimli tahlil qilinadi. omillarni tasniflash, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash va Samarqand sharoitiga tatbiq etiladigan baholash modelini taklif qilish. qiyosiy-tahliliy, tarixiy-genetik va tizimli yondashuv, morfologik kuzatuv hamda vizual baholash. tabiiy-iqlimiy, tarixiy-madaniy, ijtimoiy-demografik, funksional-rejaviy, iqtisodiy, transport, hajmiy-fazoviy, vizual-estetik, muhandislik-texnologik, ekologik, me’yoriy-huquqiy hamda inson omillarining tarixiy va zamonaviy hududlardagi ifodasi qiyoslandi; “qadriyat – bosim – ta’sir – javob – insoniy natija” ketma-ketligiga asoslangan mualliflik modeli ishlab chiqildi. Samarqand uchun tarixiy dominantalar, siluet, mahalla muhiti, yashil-ko‘k infratuzilma va transport oqimlarini muvofiqlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslandi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Dostonov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: