Randomized trial analyzes factors affecting the effectiveness of automated information models in regional tourism management, suggesting improvements for decision-making.
Mazkur tadqiqot O‘zbekiston sharoitida hududiy turizm manzillarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida avtomatlashtirilgan axborot modelini (AAM) ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda hududiy turizm boshqaruvida mavjud muammolar – raqamli infratuzilmaning sustligi, ma’lumotlar bazalarining fragmentarligi, integratsiya mexanizmlarining yetishmasligi va qaror qabul qilish jarayonlarida subyektivlikning yuqoriligi tizimli tahlil qilinadi. Ishda aralash metodologiya (mixed-methods) qo‘llanilib, tizimli tahlil, miqdoriy modellashtirish va empirik validatsiya bosqichlari amalga oshirilgan. UNWTO va OECD mezonlari asosida hududlar kesimida raqamli tayyorgarlik darajasi va xizmat sifati indikatorlari baholangan. Korrelyatsiya va regressiya tahlili orqali raqamli infratuzilma, xizmat sifati, investitsiyalar va transport kirish imkoniyatining turizm natijaviy ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan. Tadqiqot natijasida integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan axborot modeli taklif etilib, uning amaliy joriy etilishi hududiy turizm boshqaruvida prognoz aniqligini oshirish, boshqaruv xarajatlarini kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga xizmat qilishi asoslab berilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ashurova Sh.A. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: