Oʻzbekiston Respublikasi hududiy iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatidir. Bozor o'zgarishidan so'ng ushbu sanoat kapital aylanmasining yuqoriligi, resurs salohiyatidan samarali foydalanish va zarur mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga milliy iqtisodiyotning bozor sharoitlariga eng moslashgan tarmoqlaridan biriga aylandi. Aholining sifatli va zamonaviy kiyim-kechak hamda poyabzalga bo'lgan ehtiyoji ushbu tarmoq rivojiga turtki bermoqda. O'zbekistonning aksariyat hududlari uchun to'qimachilik va tikuvchilik sanoati bandlikni oshirish, hududlarni barqaror rivojlantirish, kichik biznesni rivojlantirish, davlat va mahalliy budjetlar daromadlarini ko'paytirish hamda mamlakatning tashqi bozorlardagi mavqeini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sirojiddin Normurodovich Sultonov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: