Mazkur tezisda O'zbekistonda chet el huquqi mazmunini aniqlashning amaldagi huquqiy mexanizmi, uni qo'llash jarayonida yuzaga keladigan muammolar hamda ushbu mexanizmni takomillashtirish istiqbollari tahlil qilinadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1160-moddasida belgilangan qoidalar asosida chet el huquqining mazmunini aniqlashda sud va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakolatlari, xorijiy huquqiy manbalardan foydalanish, ekspertlarni jalb qilish hamda vakolatli organlardan huquqiy axborot olish masalalari yoritiladi. Shuningdek, chet el huquqining mazmunini oqilona muddatda aniqlash bilan bog'liq qiyinchiliklar va bunday holatlarda milliy huquqni qo'llashning huquqiy oqibatlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot yakunida huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish, xalqaro huquqiy hamkorlikni rivojlantirish va chet el huquqi mazmunini aniqlashning samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sohiba G'ayrat qizi Sultamuradova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: