Ushbu maqolada xalqaro xususiy huquq doirasida chet el huquqi mazmunini aniqlashda raqamli axborot manbalarining ahamiyati va davlatlar o'rtasidagi huquqiy hamkorlik mexanizmlari tahlil qilinadi. Xorijiy davlatlarning rasmiy qonunchilik bazalari, sud amaliyoti ma'lumotlari, xalqaro huquqiy axborot tizimlari hamda elektron aloqa vositalaridan foydalanishning imkoniyatlari va cheklovlari yoritiladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1160-moddasida nazarda tutilgan chet el huquqi mazmunini aniqlash tartibi qiyosiy-huquqiy jihatdan o'rganilib, raqamli manbalarning ishonchliligi, qonunchilikning amaldagi tahririni tekshirish va xorijiy vakolatli organlardan ma'lumot olish bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqiladi. Tadqiqot yakunida chet el huquqini aniqlash jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sohiba G'ayrat qizi Sultamuradova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: