Maqolada refleksiv kompetensiyaning xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekiston oliy pedagogik ta'limi me'yoriy hujjatlarida tutgan oʻrni qiyosiy tahlil qilingan. Buyuk Britaniya, AQSH, Avstraliya, Finlyandiya, Yevropa Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasining oʻqituvchi kasbiy standartlari hamda ta'lim standartlarida refleksiyaning qanday ifodalanishi oʻrganildi. Tahlil natijasida xorijiy standartlarda refleksiya oʻqituvchi faoliyatining aniq koʻrsatkichi sifatida belgilangani, milliy me'yoriy hujjatlarda esa u faqat umumiy «oʻzini oʻzi rivojlantirish» kompetensiyasi tarkibida bilvosita aks etgani aniqlandi. Xorijiy tajribadan milliy malaka talablariga moslashtirish mumkin boʻlgan yondashuvlar asoslandi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Azizabonu Jumayeva Moʻmin qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: