Maqola antibiotikogramma (kumulyativ mikrobiologik sezuvchanlik hisoboti) natijalariga tayangan holda antibiotiklarni empirik tanlashning ratsional farmakoterapiyadagi ahamiyatini yoritadi. Tadqiqotning maqsadi antibiotikogrammani tuzish va talqin qilish tamoyillarini, empirik antibakterial terapiyani tanlash algoritmini hamda uning klinik samaradorlik va antibiotikka chidamlilikni cheklashdagi rolini asoslashdan iborat. Usullar: JSST, CLSI, EUCAST, IDSA/SHEA va Surviving Sepsis Campaign hujjatlari hamda 1999–2024-yillardagi ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi; antibiotikogramma asosida empirik tanlash mantiqi gipotetik (illyustrativ) ma’lumotlar bilan namoyish etildi. Natijalar: empirik terapiya mahalliy sezuvchanlik ma’lumotlari bilan asoslanganda nomaqbul (noadekvat) boshlangʻich terapiya ehtimoli kamayadi; ogʻir infeksiyalarda adekvat terapiyani kechiktirish oʻlim xavfini oshiradi; antibiotikogramma, de-eskalatsiya va stewardship dasturlari chidamli mikroorganizmlar tarqalishini cheklaydi. Xulosa: har bir shifoxona va hudud oʻz antibiotikogrammasini muntazam yangilab borishi, empirik terapiyani 48–72 soatda mikrobiologik natijalar asosida qayta baholashi zarur.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Mubinovna et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: