Mazkur maqolada ingliz tilidagi raqamli diskursda emotsional ifodalanishning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Raqamli kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi natijasida emotsional mazmunni ifodalashning an'anaviy lingvistik vositalari bilan bir qatorda emojilar, emotikonlar, tinish belgilari, bosh harflar, grafik takrorlar va qisqartmalardan foydalanish keng tarqalmoqda. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi raqamli muloqotda emotsiyalarni ifodalovchi til birliklarini aniqlash hamda ularning pragmatik vazifalarini yoritishdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy, kontekstual va pragmalingvistik tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlil natijasida emotsional birliklar nafaqat so'zlovchining hissiy holatini ifodalashi, balki muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi, xabar mazmunini kuchaytirishi, kinoya va hazilni yuzaga chiqarishi hamda kommunikativ maqsadni aniqlashtirishga xizmat qilishi asoslandi. Shuningdek, emotsional ifodalarning talqini kommunikativ vaziyat, suhbatdoshlar o'rtasidagi munosabat va raqamli platformaning o'ziga xos xususiyatlariga bog'liqligi ko'rsatildi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Zamira Rustamovna Djalilova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: