Maqolada 2021–2025-yillarda Oʻzbekiston turizm sohasining rivojlanishi rasmiy statistika ma'lumotlari asosida tahlil qilinadi. Xorijiy fuqarolar tashrifi dinamikasi, ularning geografik va maqsadlar boʻyicha tarkibi, turizm xizmatlari eksporti, joylashtirish infratuzilmasi va ichki turizm koʻrsatkichlari koʻrib chiqiladi. Tahlil shuni koʻrsatadiki, besh yil ichida xorijiy turistlar oqimi taxminan 6 baravar oshib, 2025-yilda 11,7 mln kishiga yetdi, turizm xizmatlari eksporti esa 4,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, oqimning katta qismi qoʻshni davlatlar fuqarolariga va qarindoshlarni ziyorat qilish maqsadidagi tashriflarga toʻgʻri keladi. Bu oʻsish sifatini baholashda alohida e'tibor talab qiladi. Maqolada muammolar aniqlanib, ularni hal etish boʻyicha takliflar beriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Joʻrayev et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: