Umumiy siydik tahlili klinik laboratoriya diagnostikasida buyraklar va siydik yo‘llari faoliyatini baholashda keng qo‘llaniladigan tekshiruvlardan biridir. Laboratoriya tekshiruvlariga bo‘lgan talabning ortishi tahlil jarayonlarini tezlashtirish, natijalarni standartlashtirish va mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanish masalalarini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Mazkur maqolada umumiy siydik tahlilini avtomatlashtirishning klinik-laborator jarayonlarga ta’siri ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Avtomatik analizatorlarning analitik imkoniyatlari, laboratoriya ish unumdorligi, an’anaviy mikroskopik tekshiruv bilan natijalar muvofiqligi va sifat nazoratiga qo‘yiladigan talablar ko‘rib chiqildi. Ilmiy manbalar avtomatlashtirish laboratoriya ish oqimini optimallashtirish va natijalarni o‘z vaqtida taqdim etishga yordam berishini ko‘rsatadi. Biroq ayrim patologik elementlarni aniqlashda analizator imkoniyatlari cheklanganligi sababli mikroskopik tekshiruv o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Avtomatlashtirilgan tizimlardan samarali foydalanish qurilmaning analitik xususiyatlarini baholash, natijalarni verifikatsiya qilish va sifat nazoratini muntazam olib borish bilan bog‘liq.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Madvaliyev et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: