Answers are grounded in this paper and cite their sources.
"Jamiyat – tabiatning bir qismi, ya'ni ijtimoiy borliq boՙlib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar oՙrtasida amal qiladigan juda koՙplab munosabatlar yigՙindisi, degan turlicha ta'riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boriuvchi murakkab tizimdir" [1]. Falsafa fanlari doktori, professor M.S.Xajievaning ushbu fikridan kelib chiqsak, jamiyat tabiatning tarkibiy qismi, tabiatga xos xususiyatlar, masalan, uygՙonish, oՙsish, hosilga kirish, hosildan toՙxtash, soՙnish kabilar jamiyatga ham xosdir. Tsivilizatsiya nazariyasining asoschilari va yirik namoyondalari O.Shpengler va A.Toynbi jamiyatga biorganik mavjudot sifatida yondashib tugՙilish, oՙsish, kamolga yetish, keksayish va oՙlish xos, degan gՙoyani ilgari surgan edilar [2]. Ushbu yondashuvlardan xulosa qilish mumkinki, tabiat qonunlari, ijtimoiy taraqqiyot talablariga moslashgan tarzda, jamiyat hayotida ham oՙz in'ikosini topadi. O.Shpengler oՙzining yuqorida keltirilgan tadqiqotining birinchi bobini "Kelib chiqish va landshaft" deb atagan va birinchi betdayoq yozadi: "Kechda quyosh botayotganda gullarga qarang, ular birin-ketin yopinadi. Yerga sirli, mudroq va koՙrona tarzda bandi boՙlgan ushbu hol oldida sizni qandaydir gՙalati tuygՙu chulgՙab oladi. Osuda oՙrmon, sokin adir, qotgan daraxtlar va shoxlar. Ular bilan faqat shamol oՙynaydi. Ojiz chivin esa ozod, u soՙnayotgan ufq nurlaridan raqsga tushadi, u qaerga xohlasa shu yerga uchadi" [3]. Keyin faylasuf ushbu tasviridan kelib chiqib daraxt, oՙsimliklarga "kutish erki, ixtiyor yoki tanlash berilmagan", ammo hayvonlarga tanlash erki berilgan. "Erk va bogՙliqlik oՙsimlik va hayvonot dunyosi oՙrtasidagi eng chuqur va hal etuvchi farqdir" [3], degan fundamental, tabiat bilan jamiyat oՙrtasidagi substantsional ahamiyatga ega farqni ta'kidlab koՙrsatadi. Demak, jamiyatga tanlash erki berilgan, ushbu fenomen uning barcha tomonlariga, faoliyatiga, yashash tarziga, shu jumladan, ekologik munosabatlariga ham ta'sir etadi. Ekologik munosabatlar va ekologik madaniyat jamiyat tomonidan ixtiyoriy tanlanadigan, oՙz ehtiyojlariga muvofiq tashkil etiladigan, yoՙlga qoՙyiladigan va tadbiq etiladigan ixtiyoriy munosabatlar mahsulidir.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Султамуратов Бегис Утебаевич (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: