Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada O'zbekiston hududida tabiat va inson munosabatlarining qadimgi davrlardan bugungi kungacha bosib o'tgan tarixiy transformatsiyasi hamda shu jarayonda ekologik ongning shakllanishi va rivojlanishi tahlil qilingan. Tadqiqotda mintaqa tarixi shartli ravishda besh bosqichga — qadimgi sug'orma dehqonchilik madaniyati, o'rta asrlardagi ilmiy-ma'naviy meros, mustamlakachilik davri, sovet davridagi ekstensiv tabiatdan foydalanish va mustaqillik yillaridagi ekologik siyosat bosqichlariga ajratib o'rganilgan. Har bir bosqichda tabiatga munosabatning mazmuni, uni belgilab bergan iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy omillar, shuningdek, ekologik ongning tarkib topishiga ta'sir ko'rsatgan tarixiy tajriba ochib berilgan. Orol fojiasi misolida tabiatga bir tomonlama iste'molchilik munosabatining oqibatlari, mustaqillik yillarida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari va "Yashil makon" kabi umummilliy loyihalar misolida esa ekologik ongning sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilishi asoslangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Manzura Asatovna Аxmedova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: