Maqolada gidroenergetika inshootlari, xususan, to'g'onlar va gidroelektr stansiyalari (GES) binolarini barqaror rivojlantirishda me'moriy estetika va ekologik turizm salohiyatini integratsiyalash masalalari tadqiq etilgan. Gidrotexnik inshootlarning tabiiy-landshaft muhiti bilan vizual va funksional uyg'unligini ta'minlash, zamonaviy me'moriy-badiiy yechimlardan foydalanish hamda suv omborlari atrofida rekreatsion va ekologik turizm infratuzilmasini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda bionek dizayn, landshaft arxitekturasi, yashil qurilish, kam uglerodli rekreatsiya va ekologik sig'im kabi yondashuvlarni gidroenergetika ob'ektlariga tatbiq etish masalalari ko'rib chiqilgan. O'zbekistonning tog'li va suv resurslariga boy hududlarida joylashgan gidrotexnik inshootlarning turistik-rekreatsion salohiyati baholanib, ularni ekologik barqaror va ko'p funksiyali arxitektura ob'ektlariga aylantirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Natijalar gidroenergetika infratuzilmasini energiya ishlab chiqarish ob'ekti sifatidagina emas, balki ekologik ta'lim, rekreatsiya va turizm funksiyalarini birlashtiruvchi zamonaviy landshaft-arxitektura tizimi sifatida rivojlantirish imkoniyatini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Apakxujayeva et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: