Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada milliy liboslar nomlari va ular orqali ifodalanuvchi verbal birliklarning semantik xususiyatlari, lingvomadaniy mazmuni hamda milliy qadriyatlarni aks ettirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi milliy liboslar bilan bog‘liq leksik birliklarning lug‘aviy, konnotativ va ramziy ma'nolarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida tavsifiy, semantik, kontekstual va qiyosiy-tahliliy metodlardan foydalanildi. O‘zbek milliy kiyimlariga oid chopon, do‘ppi, atlas, adras, belbog‘, yaktak kabi leksik birliklar tahlil obyekti sifatida olindi. Tahlil natijasida milliy libos nomlari nafaqat kiyim-kechak tushunchasini, balki xalqning ijtimoiy mavqeyi, estetik qarashlari, hududiy xususiyatlari, urf-odatlari va milliy o‘zligini ham ifodalashi aniqlandi. Milliy liboslar bilan bog‘liq verbal birliklar tilning madaniy xotirasini saqlash va avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sayyora Minavarjanovna Anvarova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 10 related papers. Consider them for comparative context: