Answers are grounded in this paper and cite their sources.
mazkur maqolada davlat organlarida yuridik xizmat faoliyatini raqamlashtirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, Legal Tech texnologiyalarining imkoniyatlari va ularni joriy etish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi, elektron hukumatga oid qonunchilik, davlat organlari yuridik xizmatining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda sud-huquq tizimida joriy etilgan elektron platformalarning ahamiyati yoritildi. Xususan, LexUZ milliy qonunchilik bazasi, E-SUD elektron sud ish yuritish tizimi, Oliy sudning my.sud.uz interaktiv xizmatlar portali va davlat organlarining elektron hujjat aylanishi imkoniyatlari huquqiy xizmat faoliyati nuqtayi nazaridan o‘rganildi. Shuningdek, Estoniya, Janubiy Koreya va Finlandiyaning ilg‘or tajribalari qiyosiy tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari baholandi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Lutfiyo Kamoliddin qizi Tojiyeva (2026) studied this question.
Synapse has enriched 10 related papers. Consider them for comparative context: