Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada qoramollarda fassiolyoz kasalligining go‘sht mahsuldorligi va tana go‘shti sifatiga ta’siri ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Fasciola avlodiga mansub trematodalar, avvalo, jigar va o‘t yo‘llarini zararlaydi. Kasallikning go‘shtga ta’siri esa ko‘pincha bevosita mushak to‘qimasida parazit joylashishi bilan emas, balki jigarning funksional faoliyati buzilishi, uzoq davom etuvchi yallig‘lanish, oziqa moddalari almashinuvining izdan chiqishi, ozib ketish va tana go‘shti sifat ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan bog‘liq. Tahlilda organoleptik baholash va go‘sht pH ko‘rsatkichi asosiy veterinariya-sanitariya mezonlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Mavjud ilmiy ma’lumotlar fassiolyoz bilan zararlangan barcha qoramollar go‘shtida organoleptik o‘zgarishlar bir xil namoyon bo‘lmasligini, kasallikning og‘ir kechishi esa tana go‘shti vazni va tovar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ro‘zimov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 10 related papers. Consider them for comparative context: