Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Ushbu ilmiy maqola kiberxavfsizlik sohasida mashinaviy o'qitish (MO) texnologiyalarining qo'llanishi, ularning samaradorligi va amaliy qo'llashdagi muammolarini chuqur tahlil qiladi. Raqamli transformatsiya jarayonida tarmoqlar, xizmatlar va axborot tizimlari hajmi keskin kengayayotgani kiberxavfsizlikni ta'minlashni yanada murakkablashtirmoqda. Mazkur sharoitda an'anaviy qoida-asosli himoya vositalari zamonaviy kiberhujumlarning dinamik, moslashuvchan va yashirin xususiyatlariga to'liq javob bera olmaydi. Shu bois MO-ga asoslangan yondashuvlar tarmoq trafikidagi anomaliyalarni aniqlash, zararli dasturlarni tasniflash, fishing xabarlarini topish, xatti-harakatlar tahlili va kiberhujumlarni erta bashorat qilishda eng istiqbolli metodlardan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Maqolada nazoratli, nazoratsiz va chuqur o'qitish modellarining afzalliklari, cheklovlari hamda real tahdidlar sharoitida ishlashdagi barqarorligi ko'rib chiqiladi. Shuningdek, noto'g'ri belgilangan ma'lumotlar, modelni zaharlash (data poisoning), adversarial hujumlar va hisoblash resurslari bilan bog'liq xavflar yoritiladi. Tadqiqot MO algoritmlarini kiberxavfsizlikning turli bosqichlari — aniqlash, tasniflash, monitoring va javob berish jarayonlarida integratsiya qilish bo'yicha ilmiy asoslangan yondashuvlarni taklif etadi. Natijalar MO texnologiyalaridan foydalanishning samarali strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi va kiberxavfsizlik ekotizimida intellektual himoya vositalari rivojlanishiga hissa qo'shadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Bekzod Istamov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: