Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Elektron mehnat shartnomasini tuzish, uni Yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish va ishning amalda boshlangan sanasini aniqlashning huquqiy ahamiyati yoritiladi. Raqamli platformalar orqali shaxsiy mehnatdan foydalanishda ijrochining huquqiy maqomi buyurtmalarni taqsimlash, haq miqdorini belgilash, ish jadvali va akkauntga kirish ustidan amaliy nazoratga qarab baholanadi. Masofadan ishlashda ish beruvchining tashabbusi bilan belgilangan aloqa vaqtidan tashqari ishlashning huquqiy oqibatlari, xodimning shaxsiy vositalaridan foydalanish xarajatlarini qoplash va raqamli dalillarni sudda taqdim etish masalalari shartli misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, platforma orqali ishlovchilarning davlat ijtimoiy sug‘urtasiga qamrab olinishi shartnoma turi va bandlik maqomiga bog‘liq holda tahlil qilinadi. Yevropa Ittifoqi va Xalqaro mehnat tashkiloti hujjatlari bilan qiyoslash asosida mehnat munosabatini sudda e’tirof etishni yengillashtirish, platformaning muhim qarorlarini inson ishtirokida qayta ko‘rib chiqish va ixtiyoriy sug‘urtaga qo‘shilishni osonlashtirish bo‘yicha takliflar asoslantiriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Arziqulov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: