Answers are grounded in this paper and cite their sources.
ushbu ilmiy maqolada Turkiston o'lkasida 1916-yilda yuzaga kelgan xalq qo'zg'olonlarining boshlanish sabablari, tarixiy shart-sharoitlari va rivojlanish omillari tahlil qilinadi. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati, mahalliy aholining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari cheklanishi, yer-suv munosabatlaridagi adolatsizliklar hamda Birinchi jahon urushining aholi turmushiga ko'rsatgan salbiy ta'siri qo'zg'olonlarning asosiy omillari sifatida yoritiladi. Ayniqsa, 1916-yil 25-iyunda podsho Nikolay II tomonidan chiqarilgan mahalliy aholini front ortidagi ishlarga safarbar etish to'g'risidagi farmonning tarixiy oqibatlariga alohida e'tibor qaratiladi. Maqolada xalq noroziligining ommaviy tus olishi, dastlabki chiqishlarning yuzaga kelishi va ularning Turkiston hududlari bo'ylab tarqalish jarayonlari tarixiy manbalar asosida o'rganiladi. Shuningdek, qo'zg'olonlarning milliy ozodlik harakati tarixidagi o'rni va ahamiyati ochib beriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ulug'bek G'aybullayev (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: