Ushbu maqolada texnologik ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun elektromontaj ishlarini o‘rgatish jarayonini innovatsion texnologiyalar - virtual simulyatorlar, ko‘rsatmali interaktiv vositalar va loyiha asosida amaliyot usullari - yordamida takomillashtirish ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqot 2022–2023 o‘quv yilida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Texnologiya o‘quv ustaxonasida kvazitajribaviy dizayn asosida olib borildi (N=68). Tajriba guruhi ko‘nikma testida o‘rtacha 81,4 ball to‘plagan bo‘lsa, nazorat guruhi 63,7 ballni to‘pladi (t=6,82; p<0,001; Cohen's d=0,94). Xato ko‘rsatkichlari 44,7% ga kamaydi, motivatsiya ko‘rsatkichi esa 5 balllik shkalada 4,31 ga yetdi. Maqolada amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni pedagogik oliy ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablari texnologiya o‘quv ustaxonalarida qo‘llash mumkin.
Shukurov Elnurbek Obidjon o'g'li (Fri,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: