Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning harakat faolligini oshirish, funksional tayyorgarligini baholash va jismoniy tarbiya jarayonini individuallashtirishda zamonaviy EduTech (ta’limiy-texnologik) vositalarining o‘rni IMRaD tizimi asosida tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida video-analitik kompyuter ko‘rish (Kinovea) va portativ biometrik sensorlar orqali talabalarning harakat biomexanikasi hamda yurak urish tezligi (HRV) dinamikasi tahlil qilindi. 8 haftalik pedagogik tajriba-sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, raqamli monitoringga tayangan differensial mashg‘ulot dasturlari talabalarning umumiy chidamlilik va harakat unumdorligini nazorat guruhiga nisbatan statistik ishonchli (p < 0.05) tarzda 16,8 foizga oshirish imkonini berdi. Texnika va pedagogika fanlari sintezida taqdim etilgan ushbu model talabalarda gipodinamiya asoratlarini bartaraf etish hamda sog‘lom turmush ko‘nikmalarini raqamli qayta aloqa orqali shakllantirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Joʻrayeva Shaxlo (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: