Ushbu maqola Andalib “Yusuf va Zulayho” dostonini uch yoʻnalishda – matniy, janriy va badiiy jihatdan – kompleks tadqiq etishga bagʻishlangan. Maqolada dostonning qoʻlyozma manbalari va toshbosma nashri qiyosiy-matniy tahlil qilinadi, uning yusufnomalar turkumidagi oʻrni va oʻziga xos xususiyatlari Jomiy, Durbek, Olim Devona asarlari bilan qiyosiy oʻrganish orqali belgilanadi. She’riy san’atlar – tashbih, takrir, irsolу masal, mubolagʻa, husni ta’lil – va lirik janrlar – gʻazal, murabbi, muxammas – ning dostonning badiiy tuzilishidagi roli misollar asosida ochib beriladi. Tadqiqot Andalib dostonining XVIII asr oʻzbek va turkman adabiyotlari tarixidagi oʻrnini yangi ilmiy xulosalar asosida belgilash imkonini beradi.
oʻgʻli et al. (Fri,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: