Mazkur tezisda Habibning "Devoni Habib" asarini matnshunoslik va manbashunoslik nuqtayi nazaridan o'rganish masalalari yoritiladi. Mumtoz adabiy merosni tadqiq etishda qo'lyozma manbalarni tavsiflash, ularning tarkibi va tuzilishini aniqlash, matnning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan "Devoni Habib" qo'lyozmasini tadqiq etish shoir ijodiy merosini ilmiy asosda o'rganish imkonini beradi. Tezisda qo'lyozma tarkibi, janrlar joylashuvi, matnni o'qish va tavsiflash, shuningdek, kelgusida nusxalararo qiyosiy tahlil olib borishning ahamiyati ko'rib chiqiladi. Tadqiqot mumtoz adabiy manbalarni ilmiy muomalaga kiritishda matnshunoslik yondashuvining zarurligini asoslashga qaratilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Iroda Jamoliddin qizi Nosirova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: