Mazkur tezisda Habibning "Devoni Habib" asarida mumtoz she'riy janrlarning qo'llanilishi, ularning janriy, mavzuiy va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Devon tarkibida yetakchi o'rin egallagan g'azallar, shuningdek, muxammas, musaddas va qasida kabi janrlarning shoir ijodidagi o'rni yoritiladi. G'azallarda diniy-tasavvufiy, ishqiy, ijtimoiy va tabiat mavzularining ifodalanishi misollar asosida ko'rib chiqiladi. Muxammas va musaddaslarda soqiy, may, jom, gul, chaman, sarv, bahor kabi mumtoz obraz va ramzlarning qo'llanish xususiyatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijasida "Devoni Habib"ning mumtoz adabiy an'analar va janrlar taraqqiyotini o'rganishdagi ahamiyati ko'rsatiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Jamoliddin qizi Nosirova Iroda (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: