Ushbu tezisda XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Xorazm adabiy muhitida ijod qilgan Habibning hayoti va ijodiy merosi, uning adabiy faoliyatining o'rganilishi hamda "Devoni Habib"ning qo'lyozma nusxalari tadqiq etiladi. Ishda shoir yashagan davrning adabiy-madaniy muhiti, Habib ijodining o'rganilish tarixi, devon qo'lyozmalarining ilmiy tavsifi va ularning matniy xususiyatlariga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, qo'lyozma nusxalarni qiyosiy o'rganish asosida matnlar o'rtasidagi ayrim farqlar aniqlanadi. "Devoni Habib"ning tarkibi, undagi janrlar, she'rlarning mavzu va mazmun xususiyatlari hamda shoirning badiiy mahorati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Habibning adabiy merosini manbashunoslik va matnshunoslik nuqtayi nazaridan chuqurroq o'rganish, shuningdek, "Devoni Habib" matnining ilmiy asoslarini belgilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Jamoliddin qizi Nosirova Iroda (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: