Maqolada Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asari birinchi qismining "Odil salotin zikrida" faslini yakunlovchi yetti baytli masnaviy tahlil qilinadi. Masnaviy baytma-bayt sharhlanib, undagi "darveshvash", "faqr", "ahli faqr", "ko'ngul mulki", "be-navolar", "nishot" kabi tayanch tushunchalarning mazmuni ochib berildi. Tahlil natijasida Navoiy tasvirlagan odil hukmdor obrazining asosiy fazilatlari — kamtarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, saxovat va mas'uliyat — hamda ularning jamiyat tinchligi va farovonligi bilan uzviy bog'liqligi asoslandi. Shoirning adolat, hokimiyat va xalq manfaati haqidagi qarashlarining bugungi kundagi ma'naviy-tarbiyaviy ahamiyati ko'rsatib berildi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Tojiddinov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: