Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar (dislaliya)ning kelib chiqish sabablari, turlari hamda ularni bartaraf etishning korreksion-logopedik ishlar mazmuni yoritilgan. Tadqiqotda artikulyatsion apparatning tuzilishi va funksional holati, fonematik idrokning rivojlanish darajasi hamda ijtimoiy-pedagogik omillarning nutq rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish oqibatida yuzaga keladigan yozma va og‘zaki nutq buzilishlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada korreksion ishlarning asosiy yo‘nalishlari — artikulyatsion gimnastika, fonematik eshituvni rivojlantirish, tovushlarni differensiallash va avtomatlashtirish jarayonlari tizimli ravishda bayon etilgan. Ayniqsa, R va L tovushlarini shakllantirishda qo‘llaniladigan amaliy mashqlar, o‘yin texnologiyalari va innovatsion yondashuvlarning samaradorligi asoslab berilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Musayeva Nargiza Sayfullyevna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: