Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Ushbu maqolada O'zbekistonda soliq bazasini kengaytirishning me'yoriy-huquqiy va institutsional asoslari tahlil qilingan. Soliq bazasini kengaytirish jarayoni konstitutsiyaviy tamoyillar, Soliq va Budjet kodekslari hamda soliq siyosatini isloh qilishga qaratilgan strategik hujjatlar bilan o'zaro bog'liq holda tadqiq etilgan. Soliq to'lovchilar va soliq solish obyektlarini to'liq qamrab olish, yashirin iqtisodiy faoliyatni rasmiylashtirish, idoralararo axborot almashinuvi, riskka asoslangan nazorat va soliq imtiyozlarini maqbullashtirish soliq bazasini kengaytirishning asosiy institutsional mexanizmlari sifatida tizimlashtirilgan. Tadqiqot natijasida soliq bazasini kengaytirish budjet daromadlarini oshirishning mexanik vositasi emas, balki mavjud iqtisodiy salohiyatni soliqqa tortish tizimida to'liqroq aks ettirishga qaratilgan kompleks jarayon ekanligi asoslangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nilufar Erkinovna Gadoyeva (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: