Mazkur tadqiqotda boʻlajak pedagog-psixologlarda ijtimoiymadaniy kompetentlikni shakllantirish hamda rivojlantirishning normativ-huquqiy poydevori tahlil qilinadi. Muallif tomonidan sohani tartibga soluvchi xalqaro huquqiy mezonlar, milliy qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va Qarorlari hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining idoraviy hujjatlari ilmiy-huquqiy nuqtai nazardan atroflicha tadqiq etilgan. Maqolada boʻlajak pedagog-psixologlarning ijtimoiymadaniy kompetentligini oshirish bosqichlari nazariy hamda amaliy muvofiqlik nuqtai nazaridan tizimlashtirib berilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Zulfiya Nurullayevna Shopulatova (2026) studied this question.