Ushbu maqolada Zarafshon daryosining quyi oqimi suv havzalarida tarqalgan oq sla (Sander lucioperca (Linnaeus, 1758)) balig'ining ekologo-biologik xususiyatlari to'g'risida so'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi. Oq sla chuchuk suv ekotizimlarida muhim yirtqich baliq turlaridan biri bo'lib, uning biologik xususiyatlari, oziqlanishi, o'sishi, ko'payishi va suv havzalaridagi tarqalishi baliqchilik xo'jaligi hamda suv ekotizimlarining barqarorligini baholashda muhim ahamiyatga ega. Zarafshon daryosining quyi oqimi, xususan, To'dako'l, Quyimozor, Shorko'l va Dengizko'l kabi suv havzalari ixtiofaunasini o'rganish bo'yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar ko'rib chiqildi. Shuningdek, Sander lucioperca ning morfologik, biologik va ekologik ko'rsatkichlari, uning mahalliy suv havzalariga moslashuvi hamda baliqchilikdagi ahamiyati yoritildi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ishboyeva. O.H (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: