Ushbu maqolada intensive akvakultura sharoitida uchraydigan ekologik va texnologik stress omillariga qarshi karp (Cyprinus carpio) baliqlarning ozuqa ratsioniga 6 ta turdagi shifobaxsh o'simlik (sarimsoq, zanjabil, yalpiz, qora sedana, Petrushka, qichitqi o't) ekstraktlarini qo'llash imkoniyatlari o'rganilgan. Baliqlarning kunlik oziqlanish normasi tana vazniga mutanosib ravishda (M=W*P/100) belgilandi. Tadqiqotlarim shuni ko'rsatadiki, suvli ekstraktlar tarkibida timoxinon, mentol, gingerol, allitsin, vitaminlardan (A, C, K, B6) va mikroelementlardan (Se, K, Mg, Fe, Ca) karp baliqlarining immun tizimini yaxshilaydi, ishtahani ochadi, qon aylanishni va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.Ayniqsa, sarimsoq va yalpiz ekstraktlari stress holatida baliqlarda bakterial va parazitar infeksiyalarga qarshi yuqori himoya funksiyasini namoyon etdi. Shuningdek, ekstraktlarni me'yoridan ortiq qo'llanilishidagi toksik ta'siri va uning suv muhitiga salbiy oqibatlari aniqlangan. Olingan natijalar ushbu fitobiotiklarning akvakulturada sintetik preparatlarga nisbatan xavfsiz muqobil ekanligi aniqlandi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Raxmatova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: