Dolzarbligi. Zamonaviy sanoat ishlab chiqarishining samaradorligi alohida korxonaning texnologik salohiyati bilan bir qatorda uning boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar bilan hamkorlik qila olishiga ham bog'liq. Sanoat kooperatsiyasi xomashyo yetkazib berish, buyurtmalarni bajarish, logistika va xizmat ko'rsatish jarayonlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Biroq amaliyotda korxonalar to'g'risidagi ma'lumotlar turli manbalarda tarqoq holda saqlanadi. Bu hamkor izlash va buyurtma joylashtirish jarayonini murakkablashtiradi, bo'sh ishlab chiqarish quvvatlaridan to'liq foydalanishga to'sqinlik qiladi. Shu sababli kooperatsiya jarayonlarini raqamlashtirish mintaqaviy sanoatning raqobatbardoshligini oshirishda dolzarb ilmiy-amaliy vazifa hisoblanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Gulnoz Quldosheva (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: