Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada ishlab chiqarish oqimini tashkil etish usuli tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarish sikli davomiyligi va aylanma mablagʻlarning bandligiga qanday taʼsir qilishi baholandi. Nazariy asos sifatida Littl qonuni, oqim samaradorligi, liniyani muvozanatlash samaradorligi va Kingman yaqinlashuvi qoʻllanildi. Besh ish joyidan iborat shartli liniya uchun toʻrt variant (partiyali itarish, donali itarish, CONWIP tortish va qayta muvozanatlangan kanban oqimi) stoxastik simulyatsiya qilindi. Bir xil chiqish surʼatida tugallanmagan ishlab chiqarish 92,7 donadan 5,2 donagacha, sikl 10,3 soatdan 0,58 soatgacha qisqardi, oqim samaradorligi 3,8 foizdan 67,6 foizga oshdi. Jahon banki maʼlumotlari asosida 2018-2024 yillarda zaxiralar oʻsishi YaIMning oʻrtacha 3,8 foiziga teng boʻlgani hisoblandi va oqimni tashkil etish aylanma kapitalni boʻshatish zaxirasi sifatida baholandi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Yusupov Ulugʻbek Mamayusupovich (2026) studied this question.
Synapse has enriched 10 related papers. Consider them for comparative context: