Ushbu tezisda ishlab chiqarish sanoatida miqdoriy ma'lumotlardan foydalanish va ularni statistik hamda iqtisodiy tahlil qilishning ahamiyati yoritilgan. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi, asosiy fondlardan foydalanish, mahsulot tannarxi, rentabellik, resurslar sarfi va boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilish boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda miqdoriy ma'lumotlarning sanoat korxonalari faoliyatini baholash, mavjud muammolarni aniqlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va kelgusidagi rivojlanish tendensiyalarini prognozlashdagi o'rni ko'rib chiqiladi. Shuningdek, statistik, korrelyatsion-regression va dinamik tahlil usullaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Indira Pirlepesova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: