Maqolada 2023-2025-yillarda Jizzax viloyati iqlim sharoitida xandon pista (Pistacia vera L.) plantatsiyalarida kulrang uzunburun qo'ng'iziga qarshi insektitsidlarning biologik samaradorligini baholash bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotlarda Mospilan, 20% n.kuk. preparati 0,2-0,3 kg/ga va Pilarking, 20% em.k. preparati 0,15-0,25 l/ga sarf me'yorlarida qo'llanilganda, ishlov berilgandan keyingi 7-kundan boshlab yuqori biologik samara ko'rsatishi aniqlangan va 14-kunga kelib samaradorlik 99,4-99,5% ni tashkil etgan. Atilla Super, 10% em.k. preparati 0,2-0,4 l/ga hamda Decis, 10% em.k. preparati 0,1-0,15 l/ga sarf me'yorlarida qo'llanilgan variantlarda yuqori biologik samara ishlov berilgandan keyingi 3-kundan boshlab kuzatilib, maksimal samaradorlik 99,0-99,5% gacha yetgan. Olingan natijalar ushbu insektitsidlarning kulrang uzunburun qo'ng'iziga qarshi yuqori samaradorlikka ega ekanligini hamda ulardan Jizzax viloyati sharoitida xandon pista plantatsiyalarini zararkunandadan himoya qilish tizimida foydalanish mumkinligini ko'rsatdi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Davronbek et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: