Ushbu maqolada sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida qora kungaboqar (Tarsan urugʻi) parvarishida qoʻllanilgan agrotexnologik tadbirlar tizimi — asosiy tuproq ishlash, ekish, mineral oʻgʻitlash, sugʻorish, nihollarni siyraklash, qator oralariga ishlov berish va begona oʻtlarga qarshi kurash — 2026-yilda 1,0 × 2,0 m oʻlchamli lizimetrlarda oʻtkazilgan tajriba misolida bayon etilgan. Tadbirlar barcha variantlarda bir xil muddat va sifatda bajarildi: shudgor 28–30 sm chuqurlikda, ekish 70 sm qator oraligʻi bilan 4–5 sm chuqurlikda, sugʻorish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70–75–70 % tartibida, vegetatsiya davomida 6–7 marta (1–2–2–2 tizimi), azot 3 muddatda (50 : 25 : 25 %) boʻlib berildi. Agrotexnik tadbirlar fonida optimal mineral oʻgʻit me'yori (N200P140K60) qoʻllanilganda urugʻ hosili 3,12 t/ga, suvdan foydalanish samaradorligi 0,47 kg/m³ ni tashkil etib, oʻgʻitsiz nazoratga nisbatan mos ravishda 1,68 va 1,57 marta yuqori boʻldi. Tadbirlarni vegetatsiya fazalariga bogʻlab bajarish ekinning oʻsishi, barg yuzasi shakllanishi va suv-oziqa resurslaridan unumli foydalanishini ta'minlaydi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Xolmurod et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: