Ushbu maqolada semizoʻt (Portulaca oleracea L.) oʻsimligining suv tanqisligi va tuproq shoʻrlanishi sharoitiga chidamlilik mexanizmlari, uni Samarqand viloyatining shoʻrlangan va suv tanqis yerlariga introduksiya qilish, chidamli namunalarni tanlash hamda mahsuldorligini oshirishning agrobiologik asoslari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Oʻsimlikning C4-fotosintez bilan bir qatorda fakultativ CAM-metabolizmga oʻta olishi, osmolitlar (prolin, eruvchan qandlar) toʻplanishi, antioksidant fermentlar tizimining faollashuvi va ionlar gomeostazi asosiy moslashuv omillari ekani koʻrsatilgan. Chidamli namunalarni skrining orqali ajratish yoʻnalishlari va chidamlilikni oshiruvchi agrotexnik tadbirlar – ekish muddati, sugʻorish rejimi, mineral oziqlantirish va tuproq melioratsiyasi tizimlashtirilgan. Olingan xulosalar semizoʻtni viloyatning suv tanqis va shoʻrlangan yerlarida yuqori qiymatli ozuqaviy ekin sifatida yetishtirish imkoniyatini asoslaydi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Oxunova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: