Maqolada semizoʻt (Portulaca oleracea L.) oʻsimligining shoʻrlanish va suv tanqisligi kabi abiotik stresslarga javob reaksiyalari hamda oʻsimlik oʻsishini ragʻbatlantiruvchi rizobakteriyalar va arbuskulyar mikoriza zamburugʻlarining ehtimoliy himoya mexanizmlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Semizoʻtda shoʻrlanish ta'sirida ildiz va yer ustki biomassa oʻzgarishi, prolin hamda Na⁺ va K⁺ ionlari toʻplanishi boʻyicha e'lon qilingan natijalar umumlashtirildi. Boshqa oʻsimlik turlarida oʻtkazilgan tadqiqotlar biotik agentlar etilen muvozanati, suv holati, mineral oziqlanish va antioksidant himoyaga ta'sir qilishi mumkinligini koʻrsatadi. Semizoʻtga xos samaradorlikni aniqlash uchun alohida nazoratli tajriba zarurligi ta'kidlandi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Oxunova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: