Ushbu maqolada yuqori va sifatli sabzavot hosili yetishtirishda agrotexnik tadbirlar hamda oʻgʻitlash tizimini toʻgʻri tashkil etishning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot doirasida Samarqand viloyati sharoitida brokkoli karamiga turlicha me'yorlardagi (dozalardagi) fosforli oʻgʻitlarning ta'siri oʻrganildi. Olib borilgan tajribalar asosida brokkoli yetishtirishda hosildorlik va mahsulot sifatini oshiruvchi eng maqbul (optimal) fosforli oʻgʻitlash me'yori aniqlandi. Tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan tavsiyalar hududdagi fermer xoʻjaliklari hamda agroklasterlar uchun brokkoli yetishtirish texnologiyasini takomillashtirishda amaliy qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Yoqubxon et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: