Ushbu maqolada sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida qora kungaboqar (Tarsan urugʻi) yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi mineral oʻgʻit me'yorlari kesimida baholangan. Iqtisodiy hisob-kitoblar 2026-yilda 1,0 × 2,0 m oʻlchamli ogʻirlik-drenajli lizimetrlarda oʻtkazilgan 6 variantli tajriba (1 — nazorat, oʻgʻitsiz; 2 — N100P70K30; 3 — N150P105K45; 4 — N200P140K60; 5 — N250P175K75; 6 — N300P210K90) hosildorlik ma'lumotlari asosida bajarildi. Ishlab chiqarish xarajatlari, yalpi daromad, sof foyda, rentabellik darajasi, mahsulot tannarxi, oʻgʻitga sarflangan xarajatning qoplanish koeffitsiyenti (VCR) hamda chegaraviy (marjinal) tahlil koʻrsatkichlari aniqlandi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, mineral oʻgʻit me'yori oshishi bilan hosil N250P175K75 variantigacha (3,21 t/ga) ortgan boʻlsa-da, eng yuqori iqtisodiy samara N200P140K60 variantida olindi: 1 kg urugʻ narxi 6 000 soʻm boʻlganda sof foyda 4,54 mln soʻm/ga, rentabellik 32,0 %, urugʻ tannarxi 4 545 soʻm/kg ni tashkil etdi. Nazoratga nisbatan qoʻshimcha sof foyda 3,35 mln soʻm/ga boʻldi. Me'yorni N250P175K75 ga oshirish qoʻshimcha 0,09 t/ga hosil bergan holda 0,94 mln soʻm/ga qoʻshimcha xarajat talab qildi va chegaraviy samara manfiy (−0,40 mln soʻm/ga) boʻldi. Sezgirlik tahlili N200P140K60 varianti urugʻ narxi 4 545 soʻm/kg dan yuqori boʻlganda zarar keltirmasligini koʻrsatdi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Xolmurod et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: