Maqolada iqtisodiy o'sish va ekologik barqarorlik o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikning nazariy asoslari yoritilgan va uni baholashning asosiy yondashuvlari qiyosiy tahlil qilingan. Tapio ajralish indeksi hamda Kaya ayniyatiga asoslangan LMDI dekompozitsiya usuli O'zbekistonning 2000–2024-yillar ma'lumotlariga qo'llanilgan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, mazkur davrda real YaIM 4,7 baravar o'sgan, CO₂ chiqindilari esa atigi 12,9 foizga oshgan, ya'ni kuchsiz ajralish kuzatilgan. Biroq 2015-yildan keyin ajralish elastikligi 0,54–0,66 gacha ko'tarilgan. Buning asosiy sababi energiya sig'imini kamaytirish salohiyatining qisqarib borayotganidir: 2016–2023-yillarda bu omil chiqindilarni atigi 13,8 mln tonnaga kamaytirgan, 2000–2010-yillarda esa 91,2 mln tonnaga kamaytirgan edi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Qarshiyev Istamjon Hayitmurod O‘g‘li (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: