Ushbu maqolada qishloq xoʻjaligi ekinlari boʻyicha dala va dala-lizimetrik tajribalarini oʻtkazishning asosiy usullari, ularning ilmiy asoslari va amaliy qoʻllanilishi qora kungaboqar misolida bayon etilgan. Tajribalarni rejalashtirishning uch tamoyili — takrorlik, tasodifiylik (randomizatsiya) va nazorat — hamda uchastkalarni joylashtirishning tizimli, standart va tasodifiy usullari taqqoslandi. Tasodifiy blokli joylashtirish sxemasi (6 variant × 3 takrorlik, 18 uchastka) kungaboqar tajribalari uchun eng maqbul usul ekanligi asoslandi; uchastka oʻlchami, himoya yoʻlaklari, kuzatuv va hisob-kitoblar, dispersion tahlil (ANOVA) hamda eng kichik aniq farq (EKAF) hisoblash tartibi keltirildi. Lizimetr qurilmasi (1,0 × 2,0 m, 90 sm chuqurlik, 20 litrli yigʻuvchi latok) orqali azot yuvilishi va suvdan foydalanishni oʻrganish usuli yoritildi. Maqola tajriba oʻtkazuvchi yosh tadqiqotchilar uchun uslubiy qoʻllanma sifatida foydalanishga moʻljallangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Xolmurod et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: