Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarida boshqaruv funksiyasining mazmuni, asosiy yo'nalishlari va o'ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Oliy ta'lim muassasalarini boshqarish jarayonida rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, motivatsiya, nazorat, tahlil va tartibga solish funksiyalarining o'zaro bog'liqligi yoritiladi. Shuningdek, oliy ta'limning ko'p funksionalligi, professor-o'qituvchilar va talabalar faoliyatining o'ziga xosligi, ilmiy-tadqiqot jarayonlari, raqamlashtirish, akademik mustaqillik, ta'lim sifatini ta'minlash va strategik rivojlanish kabi omillarning boshqaruv mazmuniga ta'siri ochib beriladi. Oliy ta'lim muassasalarida boshqaruvni zamonaviy talablar asosida takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari asoslanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Rizo qizi Faxriddinova O'g'iloy (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: