Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini baholash va takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslari, xalqaro tajribaning ustuvor yo'nalishlari hamda milliy ta'lim tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ta'lim sifatini belgilovchi asosiy mezonlar sifatida ta'lim-tarbiya jarayonining mazmuni, pedagog va bola o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, ta'lim muhiti, pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligi, bolalar rivojlanishining monitoringi, ota-onalar bilan hamkorlik hamda ta'lim xizmatlaridan teng foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. OECD va UNICEF tashkilotlarining maktabgacha ta'lim sifatini ta'minlashga doir yondashuvlari asosida baholashning kompleks, uzluksiz va rivojlantiruvchi modelini shakllantirish masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, ta'lim sifatini baholashda uchraydigan muammolar aniqlashtirilib, o'zini o'zi baholash, pedagogik kuzatuv, natijalarni tahlil qilish, raqamli monitoring va pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini o'zaro uyg'unlashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan. Maqola yakunida xalqaro tajribani milliy sharoitga moslashtirish orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirishning istiqbolli yo'nalishlari asoslangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Durdona Sobirova Abdusamadovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: