Mazkur maqolada odam genetikasi va genomika fanlarini pedagogik ta'lim tizimida o'qitish metodikasini takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Genomika sohasidagi jadal ilmiy-texnik taraqqiyot pedagogik oliygohlarda fanni o'qitish mazmuni, usullari va vositalariga nisbatan yangi talablar qo'yayotganligi asoslab berilgan. Tadqiqotda kompetensiyaviy, integrativ va muammoli-tadqiqotchilik yondashuvlariga tayangan holda bo'lajak biologiya o'qituvchilarini tayyorlash uchun metodik model taklif etilgan. Model vizual-modellashtirish, bioinformatik amaliyot, case-study, loyiha asosidagi ta'lim va bioetika modullarini o'z ichiga oladi. Maqolada, shuningdek, taklif etilgan metodikaning amaliy samaradorligini ko'rsatuvchi tajriba-sinov natijalari ham keltirilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Temurovna Yakubova Farida (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: