Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Ushbu maqolada o'zbek va pashtu tillarida modal ma'noning fe'l birikmalari hamda predikativ konstruktsiyalar orqali ifodalanish xususiyatlari qiyosiy aspektda tadqiq etiladi. Tadqiqot markazida zaruriyat, majburiyat, imkoniyat, ehtimollik, ruxsat va qobiliyat kabi modal ma'nolarni ifodalovchi o'zbek tilidagi kerak, lozim, shart, mumkin, bil, ol kabi vositalar hamda pashtu tilidagi باید / bāyad, دې / de, ښایي / ṣāyi, کولای شم / kawəlāy šəm, کېدای شي / kedāy ši singari konstruktsiyalar turadi. Tadqiqotda modal ma'noning faqat leksik birliklar orqali emas, balki fe'lning mayl shakllari, yordamchi va modal birliklar, shuningdek analitik konstruktsiyalar orqali ham yuzaga kelishi aniqlanadi. Funksional-semantik va qiyosiy-tipologik yondashuv asosida ikki tilda deontik va epistemik modallikning ifodalanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Natijalar o'zbek tilida modal ma'noning asosan modal-predikativ birliklar va analitik fe'l konstruktsiyalari orqali, pashtu tilida esa modal birliklar, subjunktiv shakl va kawəl asosidagi potensial konstruktsiyalar o'zaro birikishi orqali ifodalanishini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Marjona Sh. Panoyeva (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: