Mazkur maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida individual yondashuvni amalga oshirishning zamonaviy va innovatsion shakllari tahlil qilingan. Individual yondashuvning pedagogik mohiyati, o‘quvchilarning individual qobiliyati, qiziqishi, ehtiyoji, o‘zlashtirish sur’ati va psixologik xususiyatlarini hisobga olishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda individual ta’lim trayektoriyasi, differensial topshiriqlar, adaptiv ta’lim texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish, raqamli ta’lim platformalari, gamifikatsiya, elektron portfolio va sun’iy intellekt asosidagi ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, individual yondashuvni samarali tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, o‘quvchilar faoliyatini monitoring qilish va natijalarni mezonli baholash masalalariga e’tibor qaratilgan. Individual yondashuvni innovatsion texnologiyalar bilan uyg’unlashtirish boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ta’lim motivatsiyasi, mustaqil fikrlashi, ijodkorligi va o‘zlashtirish samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi asoslangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Boydedayeva Malohat Odil qizi (2026) studied this question.