Ushbu maqolada nemis va ingliz tillari o'rtasidagi o'zaro lingvistik ta'sir, xususan, ingliz tilidan nemis tiliga kirib kelayotgan leksik birliklar — anglizmlarning zamonaviy nemis tilidagi o'rni va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Globallashuv, xalqaro kommunikatsiya, ommaviy axborot vositalari, internet va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida ingliz tilining nemis tili lug'at tarkibiga ta'siri sezilarli darajada kuchayib bormoqda. Maqolada anglizmlarning nemis tiliga kirib kelish sabablari, ularning qo'llanish sohalari hamda nemis tilining leksik tizimiga moslashish jarayonlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, inglizcha birliklarning nemis tilidagi mavjud muqobillari bilan raqobati, yoshlar tili va media diskursidagi faolligi hamda ushbu jarayonning til rivojiga ta'siri yoritiladi. Tadqiqot orqali zamonaviy nemis tilining global til jarayonlari ta'sirida qanday o'zgarib borayotgani va ingliz tilining ushbu jarayondagi o'rni ochib beriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Jo'raboyeva et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: